Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir boʻlmaganlarning nima sababdan kelmaganligini maʼlum qiladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar boʻyicha aniqlanadi.