Jinoyat-protsessual kodeksi 432-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish

Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi. Keyinchalik u soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi.