Jinoyat-protsessual kodeksi 450-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari

Muzokara tamom boʻlganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning oʻzlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir.