Jinoyat-protsessual kodeksi 453-modda. Sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi

Sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitib boʻlganidan soʻng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. Bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi.