Jinoyat-protsessual kodeksi 459-modda. Shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borish masalasini muhokama qilish

Shartli hukm qoʻllanilganda sud shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borishni kimga yuklatish lozimligini hal qiladi. Shartli hukm qilish toʻgʻrisida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi boʻlsa, sud shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga topshirishi mumkin.