Oqlov hukmining qaror qismida: 1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi; 2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb eʼtirof etish va uni oqlash toʻgʻrisidagi qaror; 3) sudlanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan boʻlsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining oʻzida ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror; 4) qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, daʼvoni taʼminlash uchun koʻrilgan choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; 6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda maʼnaviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etish. Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi koʻrsatiladi.