Jinoyat-protsessual kodeksi 491-modda. Moddiy zararning oʻrni qoplanganligi munosabati bilan hukmni oʻzgartirish

Ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi toʻgʻrisidagi tegishli moddasi normasini qoʻllash uchun asoslar aniqlangan taqdirda hukmni oʻzgartiradi.