Jinoyat-protsessual kodeksi 492-modda. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi

Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqish davomida Jinoyat kodeksining 13-moddasiga muvofiq orqaga qaytish kuchiga ega boʻlgan, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun qonuniy kuchga kirsa, sud hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritadi yoki hukmni bekor qilib, ish yuritishni tugatadi.