Jinoyat-protsessual kodeksi 496-modda. Ayblov hukmini jinoyat ishini tugatgan holda bekor qilish

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib chiqib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar: 1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa; 2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa.