Jinoyat-protsessual kodeksi 497-33-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining bayonnomasi

Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin boʻlib, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.