Jinoyat-protsessual kodeksi 497-4-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari

Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida berilishi mumkin. Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli. Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.