Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlaydi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma toʻrt soat ichida ishga kirishish imkoniyati boʻlmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak. “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam