Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqli. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Shikoyat yoki protest, shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.