Jinoyat-protsessual kodeksi 509-7-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish tartibi

Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati (protesti) bergan taraflarning maʼruzalarini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari bilan bir qatorda prokuror bildirgan kassatsiya protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda prokurorga beriladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi. Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirish zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchini, guvohlarni, ekspertlarni va zarurat boʻlganda boshqa shaxslarni chaqirish haqid