Jinoyat-protsessual kodeksi 531-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi

Hukm, ajrimni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi. Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida hukm oʻzgartirilgan taqdirda, hukmning koʻchirma nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart. Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻladi. Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, oʻqish yoki yashash joyiga yuboriladi. Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi. Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega boʻlgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish toʻgʻrisida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi. Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga elektron hujjat tarzida yuboriladi. Qam