Jinoyat-protsessual kodeksi 536-2-modda. Jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish tartibi

Jinoyat kodeksining 74¹-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash muddatini qisqartirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoxud qonunda belgilangan tartibda mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi.