Jinoyat-protsessual kodeksi 541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar

Birinchi va ikkinchi guruh nogironi boʻlib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, hukm ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi, hukmni ijro qilmaslik toʻgʻrisidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish, uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qoʻllash, uzaytirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan boʻlsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud boʻlmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga joʻnatiladi. Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi. Ozodlikdan mahrum etishga shartli rav