Jinoyat-protsessual kodeksi 55-modda. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari

Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ariza berish hamda sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqqoniy koʻrsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi boʻyicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Jabrlanuvchi uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin. Jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi. Jabrlanuvchining oʻlimiga oli