Voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. Surishtiruvchi, tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak. Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir.