Jinoyat-protsessual kodeksi 586-3-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan koʻrib chiqilishi

Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi. Prokuror kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida koʻrib chiqadi va ushbu Kodeksning 586¹-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy daʼvogarni ham kelishuv tuzish masalasini koʻrib chiqish uchun jalb qiladi. Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqayotganda: 1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qoʻshimcha materiallarni oʻrganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti boʻlgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi; 2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va oʻz xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi. Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta koʻrib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorl