Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin. Soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning maʼmuriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxs va, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi. Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat koʻrib chiqilishini eʼlon qiladi, hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va (yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan soʻng soʻz prokurorga beriladi. Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaxsning aybliligi masalasini muhokama qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi. Shikoyatni koʻrib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: shikoyatni qanoatlantiris