Jinoyat-protsessual kodeksi 603-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishni rad etish

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar: oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlsa; soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa; soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ayni oʻsha qilmish uchun qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning ajrimi (qarori) yoxud vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi yoki uni tugatish toʻgʻrisidagi bekor qilinmagan qarori mavjud boʻlsa; soʻrov yuborilishiga asos boʻlgan qilmish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra jinoyat boʻlmasa; Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish mumkin boʻlmasa yoki tugatilishi lozim boʻlsa yoxud muddati oʻtib ketganligi tufayli yoki boshqa qonuniy asosga koʻra hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa; soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida ayni oʻsha qilmish uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa; oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxsga uni soʻrayotgan davlatda irqi, diniy eʼtiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy eʼtiqodiga koʻra taʼqib etilishi mumkinligi sababli Oʻzbekiston Respublikasida boshpana berilgan boʻlsa. Soʻralayotgan shaxsga nisbatan uning yoʻqligida chiqarilgan hukmni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish, agar hukm qilingan shaxs oʻzining himoyaga boʻlgan huquqini taʼminlash uchun yetarlicha imkoniyatga ega boʻlmagan deb hisoblashga asoslar boʻlsa, rad etilishi mumkin. Agar soʻrovni yuborgan xorijiy davlat hukm qilingan shaxsga uning ishtirokida takroriy sud muhokamasi oʻtkazilishiga boʻlgan huquqni kafolatlasa, ushlab berish amalga oshiriladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish amalga oshirilmasa, b