Jinoyat-protsessual kodeksi 96-modda. Soʻroq qilish joyi

Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkaziladigan joyda yoki soʻroq qilinuvchi qayerda boʻlsa, oʻsha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda soʻroq qiladi.