Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 2-modda. Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari

Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaatlar sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi. Ushbu Qonunning amal qilishi: koʻrib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xoʻjalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga; davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.