Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 21-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari

Murojaat davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat koʻrib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan soʻrab olish toʻgʻrisida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega. Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslari jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart.