Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 24-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

Murojaatlarni koʻrib chiqayotgan davlat organlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni bir yilda kamida bir marta umumlashtiradi va tahlil qilib boradi.