Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida 27-modda. Bila turib yolgʻon maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarni koʻrib chiqishda qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash

Bila turib yolgʻon maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarni koʻrib chiqishda davlat organi tomonidan qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga koʻra undirib olinishi mumkin.