Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining rahbari yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar belgilanadi. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvallariga muvofiq oʻtkaziladi. Qabul qilish jadvallari va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish, shuningdek ularning maʼmuriy binosida hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi. Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega boʻlgan ilgarigi murojaati boʻyicha qaror qabul qilingan boʻlsa va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan boʻlsa, rad etilishi mumkin. Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi. Davlat organlarining shaxsiy qabulni oʻtkazuvchi rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari har qanday masalalar, shu jumladan oʻz vakolatlariga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar shaxsiy qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining vakolatlariga kirmasa, tegishli mansabdor yoki boshqa