Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 130-modda

Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi.