Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 66-modda

Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.