Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 67-modda

Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.