Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaxs oʻzlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻgʻrisida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻxshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.