Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 32-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob berish huquqiga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini koʻradi.