Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 6-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini taʼminlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar, tashkilotlar hamda tuzilmalar