Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 8-3-modda. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlariga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasidagi huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega boʻlgan lavozim, xizmat va (yoki) boʻlinmadan iborat komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari: davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki siyosat amalga oshirilishi hamda ushbu sohadagi faoliyat muvofiqlashtirilishida bevosita ishtirok etadi; davlat organi va tashkiloti faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar hamda nazorat tizimi joriy etilishini taʼminlaydi; davlat organi va tashkiloti tizimida qonunga rioya etish, unga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini yaratish va bu borada aholining ijobiy fikrini shakllantirish choralarini koʻradi; davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini amalga oshiruvchi, budjet mablagʻlari aylanmasini nazorat qiluvchi boʻlinmalarning hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni tizimli tahlil qilish va baholash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha zarur choralarni ishlab chiqadi hamda ularning ijrosini tashkil etadi; davlat organi va tashkiloti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni takomillashtirib borish choralarini koʻradi; davlat organi va tashkiloti faoliyatida shaffoflikni taʼminlash, affillanganlik hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini amalga oshiradi; davlat organi va tashkilotida korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazilishini hamda qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilishini tashkil etadi; korrupsiyag