Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari faoliyatning har bir turi boʻyicha alohida-alohida maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuritiladi. Reyestrlardagi axborot ochiqdir. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarida quyidagilar aks ettiriladi: yuridik shaxs uchun — nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR); jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), faoliyat (harakatlar) amalga oshiriladigan manzil; xabardor qilish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshiruvchi filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot; berilgan litsenziyalarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning va xabarnomalar sanasi va tartib raqamlari; cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun — litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari; amalga oshirilishi uchun litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talab qilinadigan, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turi (kichik turi); litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini uzaytirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari; litsenziyalarni chaqirib olish asoslari va sanalari; xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish, faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning muddati toʻgʻrisidagi axborot; litsenziyaga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) oʻzgartirish haqidagi xabarnomani