Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 12-modda. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish

Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari litsenziatlarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olgan shaxslarning hamda xabardor qiluvchilarning davlat tomonidan hisobga olinishini taʼminlash, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga mazkur shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuritiladi. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini doimiy asosda yuritish hamda ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.