Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 18-modda. Litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turiga litsenziat tomonidan litsenziya olish tartibi

Litsenziat litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatni litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishi mumkin. Muayyan sohada faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan litsenziat xuddi shu sohadagi faoliyatning kichik turiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, u vakolatli organga faqat faoliyatning tegishli kichik turiga qoʻyiladigan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan axborotni taqdim etadi. Bunda vakolatli organ litsenziat tomonidan ilgari olingan litsenziyaga litsenziyalanadigan faoliyat turining tegishli kichik turiga taalluqli oʻzgartishlar kiritadi.