Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs; litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat; litsenziyalash — litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish jarayoni bilan bogʻliq tadbirlar majmui; faoliyatning litsenziyalanadigan turi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turi; litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirish chogʻida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan, qonunchilikda belgilangan talablar hamda shartlar majmui; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshiradigan, shuningdek maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qiladigan maxsus vakolatli organlar va tashkilotlar; litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari — vakolatli organlarning tegishincha berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqiri