Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida vakolatli organga litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki bir nechta faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlar ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektining tegishli hujjatlar ilova qilingan holdagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta ras