Talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda undiriladi. Yigʻim miqdori vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilanadi. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni talabgorga berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan, shuningdek talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqqanlik uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.