Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 45-modda. Xabardor qiluvchi oʻzining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatishi

Xabardor qiluvchi oʻzining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatganligi toʻgʻrisida maxsus elektron tizim yoki YIDXP vositasida vakolatli organni xabardor qilishi kerak. Xabardor qiluvchi oʻzining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Xabardor qiluvchi oʻzining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) tugatish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborganidan keyin uning faoliyati (harakatlari) xabarnomada koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi va xabarnomalar reyestriga bu haqda avtomatik tarzda belgi qoʻyiladi.