Jarima solish uchun asos boʻlgan huquqbuzarlik aniqlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida vakolatli organ jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Maxsus elektron tizim vositasida amalga oshiriladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari boʻyicha jarima solish toʻgʻrisidagi qaror maxsus elektron tizimda rasmiylashtiriladi. Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organning birinchi rahbari (uning oʻrnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi. Vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida rasmiylashtirilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror avtomatik ravishda huquqbuzarga yuboriladi.