Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 71-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda); 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 72-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 143-modda); 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 6-7, 105-modda); 4) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-447-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) XXIV va XXV boʻlimlari ; 5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-28-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 7 va 8-moddalari ; 6) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonl