Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish, vakolatli organlarning idoralararo elektron hamkorlik qilishi, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlari bajarilishining monitoringini oʻtkazish jarayonlarini qamrab oladigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻlgan “Litsenziya” axborot tizimi maxsus elektron tizimdir. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi maxsus elektron tizim operatoridir. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus elektron tizim orqali amalga oshirilishi mumkin. Maxsus elektron tizimda quyidagilar aks ettiriladi: 1) quyidagilarni oʻz ichiga oladigan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish jarayonlari: litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani hamda unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish; vakolatli organlar tomonidan arizalarni koʻrib chiqish hamda litsenziyalarni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish yoki berishni rad etish haqida qarorlar qabul qilish; QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron shakldagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish; vakolatli organni faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar olish; arizani koʻrib chiqish uchun davlat bojining, yigʻimlarning elektron toʻlovini amalga oshirish; litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish hamda ularni bekor qilish haqidagi arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish; 2) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chogʻida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligining quyidagilarni oʻz ichiga oladigan jarayonlari: boshqa davlat organlar