Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 9-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini davlat muassasalari tomonidan amalga oshirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat muassasalari, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatning ushbu turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir. Mazkur qoida koʻrsatilgan davlat muassasalarini litsenziya talablari va shartlarini bajarishdan ozod etmaydi.