Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solishi

Viloyat va Toshkent shahar hokimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishga haqli. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, tuman, shahar hokimi jismoniy va yuridik shaxslar bilan yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini tuzadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yer uchastkasini yoki uning bir qismini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi. Xalq deputatlari Kengashi, hokim qonunchilikka muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal qiladi.