Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalaridir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli Kengashning faoliyatni jamoatchilik asosida amalga oshiradigan raisi, u yoʻqligida esa tegishli Kengashga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari tomonidan, zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Sessiya xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga yoki hokimning taklifiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi. Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi. Kengashning birinchi sessiyasini tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi raisi ochib beradi hamda u Kengash raisi saylanguniga qadar sessiyada raislik qiladi. Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida rais, u yoʻqligida esa tegishli Kengashga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari raislik qiladi. Agar bir nechta siyosiy partiya teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini egallasa, ularning oʻzaro kelishuviga koʻra tegishli partiyaning rahbari raislik qiladi. Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay Kengashning organlari tuziladi. Xalq deputatlari Kengashining har bir sessiyasini oʻtkazish davrida deputatlar orasidan sessiya kotibi yoki kotibiyati saylanadi. Xalq deputatlari Kengashining sessiyasi, basharti unda jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, sh