Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari: oʻz tashabbusiga koʻra yoki Kengashning topshirigʻiga binoan Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi; faoliyat yoʻnalishi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va ularni Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi; xalq deputatlari Kengashi qarorlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi; viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari yuzasidan xulosalar hamda takliflar beradi; xalq deputatlari Kengashining tavsiyasiga koʻra budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holatini oʻrganadi; ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni jalb etadi; tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan maʼlumotlarni va ekspert xulosalarini, shuningdek boshqa axborotni talab qilib oladi; tegishli hududda qonun hujjatlarining va xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini, huquqning qoʻllanilish amaliyotini joylarga chiqqan holda oʻrganadi; normativ-huquqiy hujjatlarni, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini targʻib etish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi. Doimiy va muvaqqat komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.