Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 9-modda. Viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini boshqarish

Xalq deputatlari Kengashi, hokim viloyat, tuman, shahar mulki obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan doirada boshqaradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli viloyat, tuman, shahar mulkida boʻlgan obyektlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va doirada vaqtincha yoki doimiy egalik qilish va foydalanish uchun berishga haqlidir.